Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi


Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Qonun (OʼRQ-1067-son, 09.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kirtildi

 

Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan oʼzgartirishga koʼra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

 

Shuningdek, shaxsning oʼz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʼlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi koʼzda tutildi.

 

“Sudlar toʼgʼrisida”gi Qonunga kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalarga koʼra, sudьyalarning muayyan ishlar boʼyicha hisobdor boʼlmasligi belgilandi.

 

Shuningdek, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini toʼxtatib turishga, boshqa lavozimga oʼtkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʼra yoʼl qoʼyilishi koʼrsatildi.

 

Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                               

 K.Shadiyev