Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Davlat bojxona chegarasidan qancha miqdorda tovar va valyuta olib chiqishga ruxsat etiladi?


Davlat bojxona chegarasidan qancha miqdorda tovar va valyuta olib chiqishga ruxsat etiladi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʼzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 66-sonli qaroriga koʼra, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʼmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.

Quyidagi holatlarda mamlakat hududidan cheklovlarsiz valyuta olib chiqishga ruxsat etiladi:

► rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi aʼzolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;

► norezidentlar tomonidan — Oʼzbekiston Respublikasiga kirish chogʼida rasmiylashtirilgan yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablagʼlar doirasida, shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʼlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasiga kirish chogʼida toʼldirilgan yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasida koʼrsatilgan naqd valyuta mablagʼlaridan respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilgan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yoʼl qoʼyiladi.

Jismoniy shaxslar Oʼzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʼtayotganlarida naqd valyuta mablagʼlarining haqqoniy va toʼgʼri deklaratsiyalanganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.

Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʼlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari quyidagilardan iborat:

Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib oʼtishda — 2 000 (ikki ming) АQSh dollari;

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yoʼl va daryo bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali olib oʼtishda — 1 000 (bir ming) АQSh dollari;

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyoʼl (piyoda) bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali olib oʼtishda — 300 (uch yuz) АQSh dollari;

xalqaro kurerlik joʼnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendarь chorak mobaynida 1 000 (bir ming) АQSh dollari;

xalqaro pochta joʼnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) АQSh dollari.

Shuningdek, bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) АQSh dollari miqdorida.

Toshkent tumani YXKM

boshlig‘i:                                                                                            

S.Raxmatov