Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlar daftari haqida


Yoshlar daftari haqida

«Yoshlar daftari» — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. «Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

boquvchisini yo‘qotgan, etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar etgan;

«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila;

dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda BHMning 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lab beriladi.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                               

 M.Kurbanov