Янгиликлар
Elektr energetika tarmog‘ida narxni shakllantirishning asosiy prinsiplari nimalardan iborat ?
Elektr energetika tarmog‘ida narxni shakllantirishning asosiy prinsiplari nimalardan iborat ?
Elektr energetika tarmog‘ida tariflarni shakllantirish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
ommaboplik — tarif samarali va oqilona foydalilikni nazarda tutishi lozim, ya’ni tarif eng kam xarajatli variantlarga asoslanishi va samarasizlikni istisno qilish darkor;
axborotning ochiqligi — tariflar va tariflarni asoslovchi xarajatlar to‘g‘risidagi axborot manfaatdor taraflar uchun ochiq bo‘lishi lozim;
tarif belgilashning izchilligi va oldindan taxmin qilish imkoniyati — tariflar izchil (kalendar’ yiliga yoki uzoq muddatga) belgilanishi lozim va ularning oshirilishi yoki pasaytirilishi asoslantirilgan va energetika tizimi tashkilotlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari uchun tushunarli bo‘lishi lozim;
kamsitmaydigan yondashuv — tariflar obyektiv va adolatli bo‘lishi lozim;
shaffoflik va alohidalik — tariflarni shakllantirishda xarajatlarni to‘liq yoritish. Xarajatlar har bir tartibga solinadigan faoliyat bo‘yicha alohida-alohida ajratilishi lozim. Tariflar tushunish va qo‘llash uchun sodda bo‘lishi zarur;
tariflarning o‘zgaruvchanligi — tariflar tasdiqlashda umum qabul qilingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (inflatsiya, iste’mol narxlari indeksi darajasi) hisobga olingan holda tuzatilishi lozim;
mustaqillik — tariflar tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi va asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor bo‘lmaydi;
samaradorlik va natijadorlik — tariflar yoqilg‘i-energetika tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini doimiy oshirishga qaratiladi;
hisobdorlik — narxni shakllantirish sohasida sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida xabardor qilish va qabul qilingan qarorlarni muhokama qilish maqsadida yoqilg‘i-energetika tarmog‘i tashkilotlari va tartibga soluvchi organi tomonidan tegishli hisobotlarni jamoatchilikka o‘z vaqtida taqdim qilish;
xarajatlarni tushum bilan qoplash — tariflardan tushum elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha to‘liq qiymatni (shu jumladan tavakkalchilik yoki foyda bilan bog‘liq mantiqiy tuzatishlar) o‘zida aks ettirishi va qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kelajakda tarmoqning iqtisodiy rivojlanishini, barqarorligini ta’minlashi lozim;
samarali foydalanish — tariflar iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazardan umumiy talab va taklifni qo‘llab quvvatlashi hamda elektr energiyasi va tabiiy gazdan barqaror, samarali va amalda foydalanishni rag‘batlantirishi uchun shakllantirilishi zarur;
tatbiq qilishning past qiymati — kapital xarajatlar va operatsion xarajatlar kamaytirilishi kerak;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — tariflar darajasi va tuzilmasi respublika ijtimoiy siyosatini hisobga olishi zarur;
ekologik javobgarlik — elektr energiyasi va tabiiy gazni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash barqaror asosda amalga oshirilishi va atrof-muhitga ta’sirni hisobga olish lozim;
ishlab chiqarish quvvatlarining yetarliligi — milliy resurslarni rejalashtirishga muvofiq kam xarajatlar bilan resurslarni ishlab chiqish hisobiga kengaytirish;
davlat subsidiyasidan voz kechish — sanoat doimiy davlat subsidiyalarisiz moliyaviy barqarorlikka erishishi va uni saqlashi lozim.
Toshkent tumani YXKM
bosh yuriskonsulti:
O.Saidmurodov