Янгиликлар
Аyrim oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Аyrim oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori (515-son, 14.08.2025 y.) bilan “Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazmda yashovchi Kambagʼal oilalar reestriga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi:
turar joyida artezian qudugʼi qazish;
suv nasoslari va ichimlik suvi filьtrlarini xarid qilish hamda oʼrnatish.
Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan koʼp boʼlmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ushbu xizmatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining Аholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga koʼmaklashuvchi tadbirkorlik subʼektlari reestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “Inson” markazlariga borgan holda yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali “YaMIH” АTda roʼyxatdan oʼtishi mumkin.
Bunda “Inson” markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki uning qonuniy vakili nomidan “YaMIH” АTda roʼyxatdan oʼtish boʼyicha soʼrov yuboradi.
Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchilarning turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudugʼini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filьtrini oʼrnatishi lozim.
Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish maʼqullangani yoki rad etilgani toʼgʼrisidagi xabar “YaMIH” АTga avtomatik ravishda yuboriladi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshig‘I S.Raxmatov