Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi


Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi

 

“Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–247-son, 12.08.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsad va ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:

yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʼzini oʼzi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini ragʼbatlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish;

maʼmuriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish;

davlat roʼyxatidan oʼtkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha boʼlgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish;

naqdsiz toʼlovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish.

Qarorga koʼra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʼzini oʼzi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda koʼrsatish boʼyicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini toʼlash tartibi;

soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million soʼmdan oshmagan oʼzini oʼzi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq toʼlashdan ozod qilish tartibi.

Yillik aylanmasi 1 milliard soʼmgacha boʼlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti M.Kurbanov