Янгиликлар
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʼarmasiga badallar toʼlash tartibi belgilandi
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʼarmasiga badallar toʼlash tartibi belgilandi
"Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʼarmasiga badallar toʼlash tartibi toʼgʼrisida"gi nizom Аdliya vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi (roʼyxat raqami: 3663-son, 11.08.2025 y.).
Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va oraliq banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʼarmasiga badallar toʼlash tartibini belgilaydi.
Badallar Oʼzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yaxlitlangan holda toʼlanadi.
Bankning bir yoʼla toʼlanadigan badali miqdori "Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida"gi Qonunining 13-moddasida belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
Kalendarь badal deganda bank tomonidan Jamgʼarmaga har chorakda toʼlanadigan pul mablagʼlari tushuniladi.
Bank hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay kalendarь badalni toʼlashi lozim.
Bank tomonidan kalendarь badalning toʼlanmagan summasiga har bir muddati oʼtgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravari miqdorida penya hisoblanadi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti Q.Shadiyev