Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi


Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi

“Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʼgʼrisida”gi nizom Аdliya vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi (roʼyxat raqami: 3662-son, 11.08.2025 y.).

Nizomga koʼra, kafolatlar berish tashkiloti moliyaviy mablagʼlar va kafolatlar oʼz vaqtida qaytarilishini taʼminlash hamda muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida kredit tashkilotlari va kafolat portfeli kesimida kamida har oyda tahlil oʼtkazishi kerak.

Tashkilotning tavakkalchiliklarni boshqarish tuzilmasi quyidagilardan tashkil topishi lozim:

kuzatuv kengashi;

ijro etuvchi organ;

tavakkalchiliklarni boshqarish boʼyicha tegishli tarkibiy boʼlinma;

tavakkalchiliklarni boshqarishga masʼul boʼlgan boshqa boʼlinmalar.

Tashkilot aktivlarni sifatiga koʼra tasniflaydi va ular boʼyicha ehtimoliy yoʼqotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.

Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffitsienti uning jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsient 10 foizdan kam boʼlmasligi lozim.

Bank tomonidan kalendarь badalning toʼlanmagan summasiga har bir muddati oʼtgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravari miqdorida penya hisoblanadi 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti O.Saidmurodov