Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi


Intellektual mulk huquqiy jihatdan ishonchli tarzda himoya qilinadi

 

Qonun (OʼRQ–1080-son, 08.08.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish jarayoni soddalashtirilishini nazarda tutuvchi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan oʼzgartirishlarga koʼra, sanoat mulki obʼekti roʼyxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.

Ilgari Sanoat mulki obʼektiga patent berish obʼekt roʼyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran 10 kun oʼtganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalarga koʼra, intellektual mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.

 

 

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshig‘I S.Raxmatov