Янгиликлар
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini ragʼbatlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini ragʼbatlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
“Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʼlash va ularni moddiy ragʼbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF–129-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʼlashning yangi tizimi joriy etiladi.
Bunda xodimlarning lavozim maoshi yagona tamoyil asosida mehnatga haq toʼlashning yangilangan tarif setkasi hamda koʼp yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffitsientlari asosida shakllantiriladi.
Ragʼbatlantirish toʼlovlari boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik koʼrsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustama, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari boʼyicha ragʼbatlantirish (bonus) toʼlovlari shaklida toʼlanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʼlash faqat mazkur Farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, Farmonda koʼzda tutilmagan qoʼshimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa toʼlovlar toʼlash taqiqlanadi.
2025 yil 1 avgustdan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq toʼlash jamgʼarmasi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
lavozim maoshi;
eng muhim samaradorlik koʼrsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
malaka (martaba) darajalari uchun toʼlovlar;
mukofotlash hamda bonus toʼlovlari.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti M.Kurbanov