Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi


Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

 

“Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–244-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar Samarqand viloyatini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʼrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trln soʼmga yetkazish;

sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 mlrd АQSh dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;

sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 mlrd АQSh dollariga yetkazish.

Qarorga koʼra, Samarqand viloyati hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlar oʼrtasida koʼprik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” АJ tashkil etiladi.

Kompaniyaning alohida yoʼnalishlar boʼyicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi.

 

 

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti Q.Shadiyev