Янгиликлар
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
Farmonga koʼra, (https://t.me/huquqiyaxborot/18403) 2025 yil 1 noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʼshimcha taʼlim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.
“Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi.
Shaxs oʼqishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʼng ssudani 2 yil davomida Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasiga qaytaradi.
Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʼlim olish davrida Jamgʼarma hisobidan mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya toʼlanadi:
nogironligi boʼlgan shaxslarga;
3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʼlim olayotgan Kambagʼal oilalar reestridagi oilalar aʼzolariga;
doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab taʼlim olayotgan shaxslarga.
Bunda ishsizlik nafaqasi toʼlanishi davrida oʼquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti O.Saidmurodov