Янгиликлар
YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari boʼyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi
YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari boʼyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi
Farmonga koʼra, (https://t.me/huquqiyaxborot/18403)2025 yil 1 sentyabrdan xodimlari 50 nafargacha boʼlgan xizmat koʼrsatish, qishloq xoʼjaligi va qurilish sohasidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga YaMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
2025 yil 1 sentyabrdan:
Davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʼtkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
“Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan oʼtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʼtkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.
2026 yil 1 yanvardan YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʼrib chiqish va qonunbuzilishi holatlari boʼyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshig‘I S.Raxmatov