Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ish beruvchilarga toʼsiq boʼlayotgan javobgarlik choralari bekor qilinadi


Ish beruvchilarga toʼsiq boʼlayotgan javobgarlik choralari bekor qilinadi

 

“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʼbatlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF–126-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʼra, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga oʼqitish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʼnalish va maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va oʼzaro manfaatli tizimini yaratish;

ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini joriy etish.

2025 yil 1 sentyabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:

boʼsh ish oʼrinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik;

boʼsh ish oʼrinlari mavjudligi toʼgʼrisidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.

 

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti M.Kurbanov