Янгиликлар
Trener-oʼqituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Trener-oʼqituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (500-son, 07.08.2025 y.) bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʼqituvchilari va yoʼriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʼra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan koʼrsatiladi.
Davlat xizmati koʼrsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʼlov undiriladi.
Trener-oʼqituvchilar va yoʼriqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
ERP sport” tizimida maʼlumotlar toʼliq shakllangandan soʼng 1 ish kunida QR-kod qoʼyilgan holda elektron shaklda malaka toifasi toʼgʼrisida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Bu haqida avtomatik tarzda trener-oʼqituvchilar va yoʼriqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Q.Shadiyev