Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazish tartibi belgilandi


Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (498-son, 06.08.2025 y.) bilan “Oʼrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʼra, davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich - arizani rasmiylashtirish;

2-bosqich - taʼlim sifatini ichki baholash;

3-bosqich - taʼlim sifatini tashqi baholash;

4-bosqich - davlat akkreditatsiyasi boʼyicha yakuniy qaror qabul qilish.

Taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazish toʼgʼrisida arizalar kelgusi oʼquv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.

Аrizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

litsenziya/yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi;

arizani koʼrib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yigʼimlarni amalga oshirganlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;

davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga biriktirilgan masʼul xodimning maʼlumotlari.

Аrizalar 15 ish kunida koʼrib chiqiladi.

 

Taʼlim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan oʼtdi” deb eʼtirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur taʼlim dasturi boʼyicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti O.Saidmurodov