Янгиликлар
Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi
Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (495-son, 05.08.2025 y.) bilan “Tuman (shahar)larda iqtisodiy oʼsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʼra, drayver loyiha hududning zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maʼlum iqtisodiy oʼsishni yoki oʼzgarishni yuzaga keltiradigan sanoat, xizmat koʼrsatish va qishloq xoʼjaligining rivojlanishiga turtki beradigan loyiha hisoblanadi.
Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda loyihalar har yili 1 noyabrgacha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi.
1 hafta muddatda loyihalar Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.
Shundan soʼng, loyihalar 10 ish kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15 ish kunida drayver loyihani joyiga chiqqan holda oʼrganadi.
Loyihalarni amalga oshirish doirasida bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlanadi.
Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan foydalanishga qabul qilinadi va amalga oshirilgan hisoblanadi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti M.Kurbanov