Янгиликлар
Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʼra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030 yillarga moʼljallangan maqsadli koʼrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish oʼrinlarini yaratish.
Nurobod tumani Sazagʼon massividagi boʼsh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MChJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan.
Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini koʼp qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti Q.Shadiyev