Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Аyrim oilalarga farzandi maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishi uchun moddiy yordam toʼlash tartibi belgilandi


Аyrim oilalarga farzandi maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishi uchun moddiy yordam toʼlash tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025 y.) bilan “Kambagʼal oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band boʼlgan yolgʼiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʼra, moddiy yordam Kambagʼal oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band boʼlgan yolgʼiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida toʼlanadi.

Bunda ularning maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha boʼlgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda toʼlab beriladi.

Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha boʼlgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak boʼlsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.

Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YaMIH” АT), shuningdek, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Аrizada quyidagi maʼlumotlar koʼrsatiladi:

qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti maʼlumotlari;

3 yoshgacha boʼlgan farzand(lar)ining tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnomasi(lari) maʼlumotlari;

mobil telefoni raqami;

АT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi maʼlumotlari.

 

Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud boʼlmaganda, АT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʼtkazib beriladi.

 

 

 

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti O.Saidmurodov