Янгиликлар
Temir yoʼl transporti infratuzilmasi xavfsizligiga qoʼyiladigan talablar belgilandi
Temir yoʼl transporti infratuzilmasi xavfsizligiga qoʼyiladigan talablar belgilandi
Hukumat qarori (480-son, 31.07.2025 y.) bilan “Temir yoʼl transporti infratuzilmasi xavfsizligi toʼgʼrisida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʼlmagan temir yoʼl transporti infratuzilmasiga nisbatan qoʼllanadi.
Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temir yoʼl mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar temir yoʼl mahsulotini identifikatsiyalashni taʼminlaydigan quyidagi tamgʼaga ega boʼlishi kerak:
muvofiqlik belgisi;
raqam;
ishlab chiqaruvchining yorligʼi;
ishlab chiqarilgan sana;
rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan oʼtkazilganligi boʼyicha maʼlumotlar.
Temir yoʼl mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
majburiy sertifikatlash;
muvofiqlik toʼgʼrisida deklaratsiyani qabul qilish.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:
mahsulot partiyasi - mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;
seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga - 3 yildan oshmasligi kerak.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshig‘I S.Raxmatov