Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati boʼlinmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi


Ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati boʼlinmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati boʼlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʼladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʼyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʼrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Fuqarolar gavjum boʼladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati boʼlinmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat koʼrsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz) da roʼyxatdan oʼtadi.

Soʼrovnoma vakolatli organga kelib tushgandan soʼng 10 ish kuni mobaynida koʼrib chiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum boʼladigan joyni koʼzdan kechiradi.

Talabgor tegishligiga koʼra Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.

Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti 

M.Kurbanov