Янгиликлар
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025 y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari toʼgʼrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda maʼlumotlarni almashish hamda davlat xaridlari toʼgʼrisidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan oʼtkazish tartibini belgilaydi.
Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida roʼyxatga olingan paytdan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari oʼrtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.
Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va maʼlumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yoʼlga qoʼyiladi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.
Toshkent tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti Q.Shadiyev