Янгиликлар
Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 142-moddasiga muvofiq, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi.
Aliment oluvchi aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligida aybdor aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsdan aliment to‘lash majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti