Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onaga ta’minot berish majburiyati mavjudmi?


O‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onaga ta’minot berish majburiyati mavjudmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 128-moddasiga muvofiq, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘gay ota va o‘gay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag‘ ololmasa, ularga ta’minot berish majburiyati o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Agar o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni o‘gay ota va o‘gay ona besh yildan kam vaqt davomida tarbiyalagan va ta’minot bergan bo‘lsa, shuningdek ular o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan bo‘lsa, sud o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni o‘gay otasi va o‘gay onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishga haqli.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti