Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushlari qay tartibda aniqlanadi?


Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushlari qay tartibda aniqlanadi?

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 125-moddasiga ko’ra, ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos bo‘ladi.

Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.

Turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir.

Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi yangi mulkdorga o‘tganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi bo‘ladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 

M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti