Янгиликлар
Turar joydan vasiyat majburiyati bo‘yicha foydalanish tartibi qanday?
Turar joydan vasiyat majburiyati bo‘yicha foydalanish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 123-moddasiga ko’ra, vasiyat qiluvchi turar joy o‘tadigan merosxo‘rga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada yozib qo‘yiladi.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga o‘tganida ham umrbod foydalanish huquqi o‘z kuchida qoladi.
Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar o‘rtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti