Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?


Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 110-moddasiga ko’ra bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar turar joylar turli aholi punktlarida bo‘lsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga ko‘ra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.

Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti