Янгиликлар
Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash imkoni mavjudmi?
Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash imkoni mavjudmi?
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 95-moddasiga ko’ra, basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati o‘tganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati o‘tgunga qadar bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma xuddi o‘sha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Turar joy arendasi shartnomasining muddati o‘tganidan keyin shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti