Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo’l qo’yiladimi?


Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo’l qo’yiladimi?

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga ko’ra, qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.

Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar, qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor bo‘ladi.

Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish shakliga ushbu Kodeks 320-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi qoidalar tegishincha qo‘llaniladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti