Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Kafillik qay tartibda bekor bo’ladi?


Kafillik qay tartibda bekor bo’ladi?

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 298-moddasiga ko’ra, kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilgan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.

Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bergan bo‘lmasa, shuningdek kafil ta’minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo‘ladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan kafillik muddati o‘tganidan keyin kafillik bekor bo‘ladi. Agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, kreditor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo‘lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 

M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti