Янгиликлар
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish mumkinmi?
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 173-moddasiga ko’ra, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.
O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.
Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi. Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut qonunga muvofiq tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti