Янгиликлар
Mulk ijarasi shartnomasi muddati qay tartibda belgilanadi?
Mulk ijarasi shartnomasi muddati qay tartibda belgilanadi?
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 540-moddasiga ko’ra, shartnoma muddati tomonlar kelishuviga binoan belgilanadi. Ya’ni, mulkni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi shartnomada ijaraning davomiy muddatini o‘zaro rozilik asosida belgilaydi. Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa –– uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko‘p (oxirgi) muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat o‘tishi bilan shartnoma bekor bo‘ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti