Янгиликлар
Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish tartibi qanday?
Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish tartibi qanday?
Ijara munosabatlari tugaganidan so‘ng, ijaraga olingan mol-mulkni o‘z egasiga, ya’ni ijaraga beruvchiga qaytarish — ijaraga oluvchining asosiy huquqiy majburiyatlaridan biridir. Bu majburiyat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 554-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan hisoblanadi. Mazkur norma ijara munosabatlarining yakuniy bosqichida yuzaga keladigan mulkiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi va tomonlar o‘rtasidagi huquqiy aniqlikni ta’minlaydi.
Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi ko‘rgan zararni qoplamagan taqdirda zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Ijaraga olingan mol-mulk o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, neustoykadan tashqari zarar to‘liq miqdorda undirilishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti