Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini qay tartibda ko‘rib chiqiladi?


Yakka tartibdagi mehnat nizolarini qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 543-moddasiga ko’ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat nizolarini (da’vo xususiyatiga ega yakka tartibdagi mehnat nizolari) ko‘rib chiqish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi, sudlarda mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni ko‘rish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilanadi.

Xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari (da’vosiz xususiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti