Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga 40 soatgacha ishlashga ruxsat etiladimi?


O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga 40 soatgacha ishlashga ruxsat etiladimi?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 415-moddasiga ko’ra, ish vaqtining davomiyligi o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyligi ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 

M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti