Янгиликлар
Samoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi
Samoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 14-moddasiga muvofiq, ushbu kodeksga va uning asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlarga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibini buzish deb e’tirof etiladi.
Samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlar samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishning oldini olish yoki to‘xtatish choralarini ko‘rishga majburdirlar.
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan ko‘rsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni o‘z hisoblaridan va o‘z kuchlari bilan to‘xtatishlari lozim.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti