Янгиликлар
Qaysi faoliyat parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin?
Qaysi faoliyat parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin?
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 17-moddasiga muvofiq, elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorug‘lik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo bo‘lishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) ko‘plab to‘planishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida ko‘rishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab bo‘luvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qo‘nish zonalariga baland o‘sadigan daraxtlarning ko‘chatlarini o‘tqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi bo‘lmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga ta’sir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatlar jumlasiga kiradi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
M.M.Payziyev bosh yuristkonsulti