Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish mumkinmi?


Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish mumkinmi?

O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 18-moddasiga muvofiq, Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat ustidan nazoratni ushbu kodeksning 4-moddasida sanab o‘tilgan organlar amalga oshiradi.

Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatni amalga oshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar shu qoida buzishlarni o‘z hisoblaridan va o‘z kuchlari bilan bartaraf qilishlari, ular bartaraf qilingunicha esa bunday faoliyatni to‘xtatishlari shart.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

D.P.Tojiboyev    bosh yuristkonsulti