Янгиликлар
Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish tartibi qanday?
Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 36-moddasiga muvofiq, havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini ko‘plab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti