Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Havo kemalarini ro‘yxatga olish taribi qanday?


Havo kemalarini ro‘yxatga olish taribi qanday?

O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 39-moddasiga muvofiq, fuqaro va davlat havo kemalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Fuqaro havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida, davlat havo kemalari esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestrida ro‘yxatga olinadi.

Tegishli reyestrda qayd qilingan havo kemasining egasiga ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Eksperimental havo kemalari davlat reyestrida qayd etilmaydi, ammo Aviatsiya ma’muriyatida hisobda turadi.

Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestriga kiritilgan havo kemalari, shuningdek Aviatsiya ma’muriyatida hisobda turuvchi eksperimental havo kemalari O‘zbekiston Respublikasiga qarashli milliy havo kemalaridir.

Chet el havo kemasi tegishli chet el davlati havo kemalarining reyestridan o‘chirilganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestriga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi tegishli reyestridan belgilangan tartibda o‘chirilmagan O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining har qanday chet el davlati havo kemalarining reyestriga kiritilishi tan olinmaydi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

S.R.Xasanboyev    bosh yuristkonsulti