Янгиликлар
Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi qanday?
Havo kemasi ekipaji a’zolariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 53-moddasiga muvofiq, havo kemasi ekipaji a’zolari parvozda o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohatlari olgan yoki sog‘liqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti, agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.
Havo kemasi ekipajining a’zosi parvozda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga yoki faoliyat ro‘y bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek marhumning vafotidan so‘ng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti