Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida xalqaro parvozlarni qay tartibda amalga oshiriladi?


O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida xalqaro parvozlarni qay tartibda amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 76-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida milliy va xorijiy havo kemalarining xalqaro parvozi vaqtida ushbu Kodeksga asoslangan havo kemalaridan foydalanish va parvozlarni bajarishni tartibga soluvchi umumiy qoidalariga amal qilinadi.

Milliy va xorijiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan havoga ko‘tarilishi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchib kirgandan keyingi qo‘nishi xalqaro parvozlar uchun ochiq aerodromlarda amalga oshiriladi. Samoviy hududda xalqaro parvozlar belgilangan havo yo‘llari bo‘ylab bajariladi. Havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda maxsus ajratilgan xalqaro havo trassalari yoki havo yo‘lkalari bo‘ylab kesib o‘tadilar.

Quyidagi hollarda:

a) O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tabiiy ofat, falokat, avariya, avariya vaziyati hamda odamlar hayotiga xavf tug‘ilgan boshqa sharoitlarda;

b) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;

v) O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma olinganida yuqoridagi qoidalardan istisnoga yo‘l qo‘yish mumkin.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        

S.R.Xasanboyev    bosh yuristkonsulti