Янгиликлар
Havo kemalari parvozining xavfsizligini ta’minlash qay tartibda amalga oshiriladi?
Havo kemalari parvozining xavfsizligini ta’minlash qay tartibda amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 85-moddasiga muvofiq, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chog‘ida mazkur kemaning, ekipajning, boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida ro‘y bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar ko‘rishiga, vayron bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb e’tirof etiladi.
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir bo‘lmagan-ku, lekin ish o‘ngidan kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin bo‘lsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb e’tirof etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
D.P.Tojiboyev bosh yuristkonsulti