Янгиликлар
Yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligi qay tartibda belgilanadi?
Yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligi qay tartibda belgilanadi?
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 113-moddasiga muvofiq, tashuvchi parvoz chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni ko‘rganligini yoki bunday choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Agar yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuvi qaytarib bo‘lmas kuch natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilanganiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolikka doir qonunchilikning umumiy me’yorlariga muvofiq zarar uchun to‘lanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi mumkin yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
S.R.Xasanboyev bosh yuristkonsulti