Янгиликлар
Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish tartibi qanday?
Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksinig 32-moddasiga ko’ra, uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini tuman, shahar va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti