Янгиликлар
Endilikda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs nikohdan ajratishni so‘rab sudga murojaat qilsa o‘sha oila nikohdan muddatsiz ajratiladi
Endilikda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs nikohdan ajratishni so‘rab sudga murojaat qilsa o‘sha oila nikohdan muddatsiz ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-aprel kungi O‘RQ-1053-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur Qonun bilan Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Ushbu o‘zgarish bo‘lguniga qadar sudlar tomonidan nikohdan ajratish paytida nikohdan ajratishni talab qilayotgan oilalarni yarashtirish uchun olti oygacha muddat tayinlashga bunday istisnosiz haqqi bor edi. Endilikda esa oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxs sudga nikohdan ajratishni so‘rab murojaat qilsa va muddat tayinlamaslikni so‘rasa sudlar bunday shaxslarga yarashish uchun muddat tayinlay olmaydi.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig’i
N.Nazarimbetov