Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari


Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari

 

Mehnat kodeksining 254-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi.

Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan summalar miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart.

Ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim, agar u hatto mukofot to‘lanayotgan paytda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmasa ham, bir yildagi ish yakunlariga ko‘ra mukofot olish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  

N.Nazarimbetov