Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK UCHUN PENSIYA OLMAYDIGAN BEVALAR DAROMAD SOLIGʻI BO‘YICHA IMTIYOZGA EGA


BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK UCHUN PENSIYA OLMAYDIGAN BEVALAR DAROMAD SOLIGʻI BO‘YICHA IMTIYOZGA EGA

 

Soliq kodeksining 380-moddasiga asosan, Ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari (1 628 550 so‘m) miqdoridagi daromadlari bo‘yicha daromad solig‘idan ozod qilingan.

Bu imtiyozdan erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman yoki shahar bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda foydalanish mumkin.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  

N.Nazarimbetov