Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarga ham beriladi.


Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarga ham beriladi.

 

2025-yilning 1-iyun kunidan, Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026-yil 1-yanvardan esa faqat Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ko‘rsatiladi:

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo‘llaniladi;

kambag‘al oilalar “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari keyingi 12 oy muddatga saqlab qolinadi;

Ushbu reyestrlarga kiritilgan oilalar a’zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar oilalar kambag‘al deb e’tirof etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki shaxsning kambag‘al deb e’tirof etilgan oilaning a’zosi ekani haqidagi ma’lumotnoma asosida ko‘rsatiladi.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  

N.Nazarimbetov