Янгиликлар
IKKINCHI MUTАXАSISLIKDА OʼQIYOTGАNLАRNING OYLIGI SАQLАNMАYDIMI?
IKKINCHI MUTАXАSISLIKDА OʼQIYOTGАNLАRNING OYLIGI SАQLАNMАYDIMI?
Mehnat kodeksining 237-moddasiga muvofiq hodim oʼquv taʼtilida (kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar) yoki ijodiy taʼtilda boʼlgan vaqtida uning oʼrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Lekin bu qoida xodim 1-mutaxassislik boʼyicha oliy taʼlim muassasasida oʼqiyotganligida tatbiq etiladi.
Oliy taʼlim tashkilotida 2-mutaxassislik boʼyicha tahsil olayotganlarga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
Bu qoida Mehnat kodeksining 386-moddasida belgilab qoʼyilgan. Yaʼni, ishni oʼqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotganda beriladi (2-mutaxassislik emas, 1-mutaxassislikda degani bu).
Shu sababli, masʼul xodimlarning taʼtili davomida oʼrtacha oylik ish haqi saqlanmasligi toʼgʼrisida bergan koʼrsatmalari toʼgʼri.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig’i
N.Nazarimbetov